10:43 / 15.06.2017
9495

Toshkent viloyatida “zahri qotil” tashuvchisi ushlandi

Respublika hududida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2017” tadbirlari davomida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning faoliyatiga chek qo‘yilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida o‘tkazilgan ana shunday tadbirlardan birida Ohangaron shahrida yashovchi hech qayerda ishlamaydigan, 1976 yilda tug‘ilgan R.G ichki ishlar organlari tezkor xodimlari tomonidan Oxunboboyev ko‘chasida to‘xtatilib tekshirilganida qo‘lidagi paket ichidan 1 kg. 61,8 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Top