16:42 / 15.06.2017
18405

Toshkentda yangi ichki ishlar bo‘limlari ochildi

Foto: O‘zbekiston IIV matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq Toshkent shahrida 70 ta shahar ichki ishlar bo‘limlari tashkil etilishi belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bergan

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-sonli shahar ichki ishlar bo‘limining ochilish marosimida qatnashdi.

Bu yerda bo‘lim boshlig‘i, navbatchilik qismi xodimlari, profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi inspektorlari, surishtiruvchi, jinoyat qidiruv tezkor vakillari, pasport inspektori faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Vazir xodimlarga yaratilgan sharoitlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilganligi, fuqarolar uchun qulayliklar bilan tanishdi. Tuman faollari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

Shuningdek, vazir mazkur tumanning 5-sonli hamda Olmazor tumanidagi 13 va 14-sonli shahar ichki ishlar bo‘limlariga tashrif buyurgan.

Top