Jamiyat | 10:14 / 16.06.2017
3864
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada sudlanuvchi sud jarayonida politsiyachilarga jarohat yetkazdi

Yaponiyaning NHK telekanalining ma'lum qilishicha, Yaponiyada sudlanuvchi sud jarayoni vaqtida ikki nafar politsiyachiga jarohat yetkazgan. Ta'kidlanishicha, politsiyachilarning ikkisi ham tirik, ular shifoxonoga yetkazilganlar. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchi sud zaliga o‘zi bilan pichoq va chopqi olib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, sud binosiga kiraverishda metall-qidirgichlar o‘rnatilmagan bo‘lgan.  

Jinoyatchi og‘ir jinoyat hisoblanmaydigan "boshqalarga bezovtalik yetkazuvchi harakatlarni amalga oshirish" moddasi bilan sudlanayotgan bo‘lgan. Biroq endi u hujumidan keyin "o‘ldirishga urinish" aybi bilan javob berishiga to‘g‘ri keladi. 

Mavzuga oid