17:43 / 16.06.2017
6625

Bahrayn Qatarning terrorchilar bilan aloqasiga doir dalillarga egaligini aytmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Bahrayn Qatarning terrorchilik tashkilotlari ayrim rahbarlari bilan "bevosita aloqalar" o‘rnatgani va ularni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaganiga doir dalillarga egadir. Bu haqda Bahrayn podshohligining Rossiyadagi elchisi Ahmad As Soatiy RIA Novostiga bergan intervyusida so‘z yuritdi

"Bizda Qatarning London yoki Doxadagi ayrim tashkilotlar va guruhlar rahbarlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatgani hamda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaganini isbotlovchi ma'lumotlar bor", — degan As Soatiy. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bahrayn hukumati mamlakat hududida Qatar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan terrorchillik guruhlarini yaxshi biladi. 

"Qatarning turli guruhlar bilan aloqalari borligi ko‘p yillar avval fosh etilgan edi. Biroq, hozirda, bu boradagi sabr kosasi to‘ldi. Biz Qatarning o‘z siyosatini davom ettirayotganini ko‘rib, o‘z xavfsizligimizga e'tiborsiz bo‘la olmaymiz", — deb qo‘shimcha qilgan elchi. 

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr 5 iyun kuni Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgan, bunga Doxaning terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlagani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirayotganini vaj qilgan edi. Keyinchalik, Liviyaning sharqiy qismi, Yaman, Mavritaniya, Maldiv orollari va Mavrikiy ham Qatar bilan dipmunosabatlarini uzgandi. 

Top