15:03 / 16.06.2017
7178

Buxoroda hafta davomida 94 ta jinoyatlar sodir etildi

2017 yilning 8-14 iyun kunlari - hafta davomida Buxoro viloyati hududida jami 94 ta, shundan, Buxoro shahrida 31 ta, G‘ijduvon tumanida 15 ta, Romitanda 8 ta, Shofirkon va Qorako‘l tumanlarida 7 tadan, Kogon va Buxoro tumanlarida 5 tadan, Olot, Qorovulbozor tumanlari va Transport IIBda 3 tadan, Vobkent, Peshko‘ va Jondor tumanlarida 2 tadan hamda Kogon shahrida jinoyat qayd etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.

Ushbu jinoyatlarning 86 tasi “issiq izi”dan fosh etilib, jinoyatlarning ochilishi 91,4 foizni tashkil qildi. Aytish joizki, 94 ta jinoyatlarning 10 tasi ichki ishlar idoralarining shaxsiy tashabbusiga ko‘ra aniqlangan jinoyatlardir. Xususan, bular 1 ta odam savdosi, 1 ta qo‘shmachilik, 1 ta giyohvandlik va 7 ta taqiqlangan ekinlarni parvarishlash bilan bog‘liq jinoyatlaridir.

Hafta davomida sodir etilgan jinoyatlarning 1 tasi talonchilik, 1 tasi bezorilik, 1 tasi tovlamachilik, 1 tasi nomusga tegish, 1 tasi transport vositasini olib qochish, 27 tasi o‘g‘rilik, 14 tasi firibgarlik, 9 tasi tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq hamda 39 tasi boshqa turdagi jinoyatlardir.

Shuningdek, hafta davomida viloyat bo‘yicha 3 nafar qidiruvda yurgan jinoyatchilar ushlanib, jazoning muqarrarligi ta'minlangan bo‘lsa, tezkor surishtiruv harakatlari natijasida 1 nafar bedarak yo‘qolgan shaxsning manzili aniqlanib, yaqinlari qaramog‘iga qaytarildi. 

Mavzuga oid
Top