Moliya kompaniyasi yetakchisini Xitoyning o‘lib ketgan sobiq rahbari bilan yaqin qarindoshligi ham qutqara olmadi.
AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi bilan ishbilarmonlik munosabatlari o‘rnatishga uringan moliya magnati U Siaohuey yo‘qolib qoldi. Pekindagi kompaniya esa rais «shaxsiy sabablarga ko‘ra» o‘z xizmat vazifasini ado etolmasligini e'lon qildi.
OAV esa uning qo‘lga olingani va tutqunlikda saqlanayotganini xabar berdi. Biroq, nima uchun u qamoqda? U o‘z kirdikorlari va partiya s'yezdi oldidan tozalash ishlari qurboni bo‘ldimi? Chunki janob Uning konglomerati xorijda qimmatbaho mehmonxonalarni qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan, xususan, «Nezavisimaya gazeta»ning yozishicha, biznesmenni xorijliklar bilan shubhali bitimlar imzolagan uchun qo‘lga olishgan.
U Siaohueyning karerasi juda ajoyib edi. Avtomobil sug‘urtachisi sifatida ish boshlagan U bugungi kunga kelib «Anbang» moliyaviy tizimini yaratgan va uning aktivlari 300 milliard AQSh dollariga baholanmoqda. Uning shaxsiy aloqalari har qanday ko‘ngilsizliklardan himoya qilishi kerakdek. Chunki Xitoyning ayni paytda vafot etgan sobiq yetakchisi, iqtisodiy islohotlar arxitektori Deng Siaopingning nevarasiga uylangan.
Amerikada ham «Anbang» raisining juda jiddiy tanishlari bor. U AQSh prezidenti ma'muriyatining biznes ishlari bo‘yicha maslahat kengashi rahbari Stiven Shvartsmandan mehmonxonalar sotib olgan. O‘tgan yilning noyabrida esa U Jared Kushner — Trampning kuyovi va maslahatchisi bilan uchrashgan. O‘shanda xitoylik ishbilarmon Kushnerga qisman tegishli Manhettandagi bir binodan ulush sotib olmoqchi bo‘lgan. Bu kelishuvni rad etishga to‘g‘ri kelgan, chunki prezident maslahatchisi tomonidan ba'zi bir etika qoidalari buzilayotgani ommaviy axborot vositalari tomonidan shov-shuv qilindi.

New York Times’ning ta'kidlashicha, Uning hibsga olinishi AQSh va Xitoy uchun jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Xitoy uchun oqibatlar ravshan: «Anbang» bilan bog‘liq banklar aksiyalari bahosi kechadan boshlab pastga qulay boshladi.
Uni hibsga olish haqida dastlab Xitoyning Caijing mahalliy jurnali xabar berdi. Ushbu hibs «Anbang» konglomerati ustidan olib borilayotgan tergovning tarkibi qismi bo‘lgan. Gap shundaki, bu kompaniya pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha chayqov mahsulotlarini bozorga yetkazuvchi asosiy ta'minotchi bo‘lgan. Bu esa ko‘plab xitoylik investorlarni o‘ziga jalb qilgan.















