11:45 / 16.06.2017
9935

Morata «Manchester Yunayted»da qancha ishlab topishi ma'lum bo‘ldi

«Real» hujumchisi Alvaro Morata «Manchester Yunayted» bilan shartnoma bandlarini kelishib oldi.

Sky Italia xabarida ta'kidlanishicha, manchesterliklar «Real» bilan futbolchining transferini muhokama qilishda davom etmoqda.

24 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» safida yiliga 12 mln yevro ishlab topadi, kelishuv 4 yilga tuzilishi kutilmoqda.

Bundan avvalroq, «Real» Moratani 90 mln yevrodan kamiga sotmasligi xabar qilingan edi.

Top