11:55 / 16.06.2017
7524

OAV: Londondagi yong‘in oqibatida 65 kishi bedarak yo‘qolgan

Foto: © RIA Novosti

16 iyun kuni tongida Sun nashri Londondagi yirik yong‘in vaqtida halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgani gumon qilinayotgan 65 kishining ro‘yxatini e'lon qildi.

Bundan avvalroq Sky News telekanali yong‘in oqibatida 41 kishi bedarak ketgani haqida ma'lum qilgandi.

Gazeta tomonidan tuzilgan ro‘yxatda kishilarning nomlari ularning kvartiralari joylashgan qavatlar bo‘yicha berilgan. 

London g‘arbidagi 24 qavatli uyda chorshanbaga o‘tar kechasi yong‘in chiqdi va bino butunlay yonib ketdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra qurbon bo‘lganlar soni 17 kishi, jarohat olganlar soni 79 kishi sifatida keltirilgan, shifoxonadagilarning 17 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. O‘t o‘chiruvchilar ma'lumotiga ko‘ra bu yong‘in 120 oilaga daxl qilgan. Yong‘in tufayli boshpanasiz qolganlar yaqin atrofdagi jamoatchilik markazlari, masjidlar va cherkovlarga joylashtirilgan.

Mavzuga oid
Top