08:42 / 16.06.2017
11721

Video: Londondagi “Grenfell tauer”ning yong‘indan keyingi ahvoli

Internetda London g‘arbidagi 24 qavatli turar joy binosida ro‘y bergan yong‘indan so‘ng bino ichi tasvirga olingan video tarqaldi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabar bergan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, video muallifi 42 yoshli rassom Hasan Kaissidir. U yonib ketgan binoga yaqin yerda yashaydi va o‘tgan chorshanba kuni qutqaruvchilarga fojia joyidagi ishlarda yordam berdi.

Rolik muallifi binoning o‘t o‘chirish mashinalari sabab suvga to‘lgan birinchi qavatlarni tasvirga olgan. Videoda kuygan devorlar va narsalarni ko‘rish mumkin.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in sabab 17 kishi halok bo‘ldi, 41 inson bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Ayni damda yong‘inga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top