16:10 / 17.06.2017
3399

Liviya qirg‘oqlarida 900 dan ortiq muhojir qutqarib qolindi

Foto: AP

Liviya sohilni qo‘riqlash xizmati O‘rta Yer dengizida Afrika va Osiyodan bo‘lgan 900 dan ortiq muhojirni qutqarib qoldi. Bu haqda Frans Press agentligi Liviya harbiy-dengiz kuchlari vakiliga asosan xabar bergan.

"Az-Zaviya (Tripolidan g‘arbda joylashgan) shahri sohilni qo‘riqlash xizmati juma kuni ertalab bortida 906 kishi bo‘lgan beshta qayiq va yog‘och kemani ushladi", - deya ma'lum qildi general Ayub Qossim shanba kuni.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qutqarib olinganlar orasida 25 bola va 98 nafar ayol bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, qayiqlardan biri teshilgan bo‘lgan, yog‘och kemada esa motorning o‘zi bo‘lmagan.

Joriy yil boshidan beri Yevropaga 77 mingdan ortiq muhojir va qochqin keldi. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, O‘r Yer dengizini kesib o‘tish chog‘ida 1820 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top