17 iyun kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Toşkent şahridagi har bir tumandan 4tadan maktabda tajriba tariqasida 10-11-sinflar qayta joriy etilişi haqida çiqiş qilganidan söng ijtimoiy tarmoqlarda köpçilikda 11 yillik maktab ta'limi nega faqat poytaxt Toşkent şahrida sinovdan ötkazilyapti, degan savollar tuğilmoqda.

Yozuvçi va pedagog Bahriddin Asror özining «Feysbuk»dagi sahifasida bu sabablarning ayrimlarini sanab ötgan:

- Har qanday islohot tagida katta mehnat turibdi, ya'ni ta'lim tizimidagi bu özgariş vaqti kelib boşqa hududlarda ham amalga oşirilişi aniq, faqat amaliy işlarga ketadigan mehnat hajmi va vaqt monitoring qilinadi. 

1. Davlat ta'lim standarti özgaradi, u qayta işlab çiqiladi.

2. Binolarning quvvati yangi kontingentga moslanadi, ya'ni bino topiş va joylaştiriş;

3. Kollejlarda tarmoq ta'lim standarti ham özgaradi;

4. 10-11 sinflar uçun darsliklar va öquv adabiyotlarini yoziş va naşr qiliş;

5. Kadrlar masalasi va hokazolar...

Buni bir mamlakat xududida birvarakayiga amalga oşiriş qiyin. Bir hududda qilinadigan va qilingan işlardan kelib çiqib mamlakat böyiça çora-tadbirlar belgilanadi va muddatlar belgilanadi. 

Bu yil Toşkent şahridagi maktablar va kollejlarda ma'lum bir kontinigent ta'tilsiz işlaydi. Yaxşi tomoni — şu iş jarayonida sodir böladigan, ya'ni Toşkentda yöl qöyilgan xatolar viloyatlarda takrorlanmaydi, viloyat maorif tizimidagilar kelib tajriba almaşişadi.