19:49 / 19.06.2017
13390

Airbus uchar taksi qanday ishlashi videosini namoyish qildi

Foto: motor.ru

Airbus kompaniyasi bo‘limlaridan biri shug‘ullanayotgan Vahana uchar taksisi yaratuvchilari noodatiy transportdan qanday qilib foydalanish videosini namoyish qilishdi. Rolikda yo‘lovchi nuqtai nazaridan uchuvchisiz taksidan foydalanish sxemasi taqdim qilingan. 

Barchasi taksini smartfondagi dastur orqali chaqirishdan boshlanadi. Mijoz boriladigan manzilni kiritgandan keyin taksi havo trafigini hisobga olgan holda ungacha boradigan yo‘lni avtomatik tarzda qurib chiqadi.

Dron mijozga eng yaqin parkovkaga qo‘nadi, bu esa bino tomi bo‘lishi mumkin. Uchishdan oldin elektronika uchish qurilmasining barcha tizimlari diagnostikasini o‘tkazadi.

Airbus uchuvchisiz uchar taksi yaratayotgani haqida 2016 yilda e'lon qilgan. Vahana o‘zidan bir o‘rindiqli dronni namoyon qilib, u havodagi boshqa obektlarni mustaqil ravishda aniqlashga va u bilan to‘qnashuvdan qochishga qodir.

Taksi aylanuvchi parraklar hisobiga vertikal tarzda uchib-qo‘nadi. Taksining qolgan texnik tafsilotlari haqida hozircha hech narsa ma'lum qilinmagan.

Loyiha yaratuvchilari taksining prototiplarini yil oxirigacha sinovdan o‘tkazishmoqchi.

Avvalroq Xitoyning Ehang firmasi uchar taksilari haqida ma'lum qilingandi. Bu taksilar 2017 yil yozidayoq Dubayda ishlashni boshlashi kerak. Ushbu taksi ham bir o‘rindiqli bo‘lib, og‘irligi 250 kg ni tashkil qiladi va 100 kg gacha yuk tashiy oladi. Qurilma elektr kuch qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, uning quvvati 50 km parvozga yoki taxminan 23 daqiqaga yetadi. 

Mavzuga oid
Top