Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev davlat rahbari lavozimidagi muddati yakuniga yetayotgan bir paytda, dushanba kuni Rossiyaga davlat tashrifi bilan boradi. U yerda oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar tashkil etiladi.

Xabar qilinishicha, tashrif ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Atamboyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumat raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi.

Qirg‘iziston prezidenti 2017 yilning 1 dekabr kuniga qadar o‘z lavozimini tark etishi kerak. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari bitta olti yillik muddatga saylanadi. Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlarlari joriy yilning 15 oktyabriga rejalashtirilgan. Ekspertlarning taxminicha, Moskvada Qirg‘iziston rahbari mamlakatdagi siyosat vaziyatni muhokama qilishi ehtimolga juda yaqin.

"Atamboyev kelayotgan kuzda prezidentlik lavozimini tark etishi e'tiborga olinsa, Putin bilan muzokaralarda Rossiya va Qirg‘izistonning so‘nggi yillardagi o‘zaro aloqalari bosqichlari aniqlashtiriladi", - deya ma'lum qildi siyosatshunos Igor Shestakov RIA Novosti’ga.

Uning fikricha. Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlari Moskvani respublika va Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni saqlab qolinishi yuzasidan ham qiziqtiradi. 

"Rossiya va Qirg‘izistonda bugun bitta asosiy dushman bor – bu terrorizm va ekstremizm, shuning uchun ushbu yo‘nalishda davlatlararo o‘zaro harakatlar kuchayishini kutish mumkin. Qirg‘iziston harbiy-texnik o‘zaro aloqalarda Rossiyaning ittifoqchisidir. So‘nggi yillarda Rossiya Qirg‘izistonga bir milliard dollardan ortiq summadagi beg‘araz harbiy-texnik yordamni taqdim etdi", - deya eslatdi ekspert.

Atamboyev o‘tish davridagi prezident Roza Otunboyeva vaqtida bosh vazir bo‘lgan hamda o‘shanda o‘zining ilk xorijiy safarini aynan Moskvaga amalga oshirgandi. Bu 2010 yilning dekabrida, sobiq prezident Qurmonbek Bakiyev hokimiyatdan chetlatilganidan sakkiz oy o‘tib ro‘y bergan.

Ekspertning ta'kidlashicha, Atamboyev prezidentligi vaqtida Rossiya-Qirg‘iziston o‘zaro aloqalari deyarli barcha sohalarda real va aniq darajaga chiqdi. Rossiya Qirg‘izistonga so‘nggi besh yilda umumiy hisobda 3,5 milliard dollarlik yordam berdi – bu sarmoyalar, budjetni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish va boshqa ko‘mak turlari. RF davlatga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga moslashishda ham faol yordam bermoqda. RF qo‘shma rivojlanish fondiga 500 million dollar o‘tkazib berdi.