17:06 / 19.06.2017
15646

«MYu»ning sobiq futbolchisi Ronalduga: Uyga xush kelibsan

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchilaridan biri Fil Nevill Angliyaga qaytishi kutilayotgan «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni qutladi. Matbuotda portugaliyalik futbolchi «MYu»ga qaytishga hozirlanayotgani haqida yozilmoqda.

«Uyga xush kelibsan», — deyiladi Nevillning tvitterida.

Ronaldu soliqlar bilan bog‘liq mojarolar tufayli «Real»ni tark etmoqda. Portugaliyalik futbolchi qaror qabul qilib bo‘lgan. Ronaldu 2011-2014 yillar davomida jami 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblanmoqda. 

Krishtianu Ronaldu 2003-09 yillarda «MYu» safida o‘ynagandi.

Top