Suriya osmonidagi AQSh samolyotlari Rossiya uchun «nishon»ga aylanishi mumkin
Rossiya Mudofaa vazirligi 19 iyundan e'tiboran AQSh bilan Suriyada parvozlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha memorandumni to‘xtatadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatida xabar berilgan.
Ya'ni, Rossiya Amerika harbiylari bilan maxsus liniyada muloqot qilishni to‘xtatmoqchi. Endi ruslarning Suriyadagi aviatsiyasi o‘z amaliyot hududidagi har qanday samolyot yoki harbiy raketani urib tushirishi mumkin bo‘ladi.
Bunga koalitsiya havo kuchlari Suriyaning SU-22 harbiy samolyotini urib tushirgani sabab bo‘ldi.
Yaqin Sharqda IShIDga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviatsiyasi 18 iyun kuni Raqqa yaqinida harbiy-havo kuchlari samolyotini urib tushirdi. Rasmiy Damashq urib tushirilgan Su-22 samolyoti IShID jangarilariga qarshi topshiriq bajarayotgan bo‘lganini ma'lum qildi.
AQSh rahbarligidagi koalitsiya Suriya qiruvchisini urib tushirganini tasdiqladi.
Koalitsiya bayonotiga ko‘ra, Suriya armiyasining Su-22 qiruvchisi «koalitsiyaning quruqlikdagi ittifoqchilarini himoya qilish maqsadida» urib tushirilgan («Quruqlikdagi ittifoqchilar» - Raqqadan g‘arbdagi Tabkax shahri yonida IShIDga qarshi jang qilayotgan «Suriya demokratik kuchlari» askarlari).
Ma'lum qilinishicha, Suriya samolyoti 18 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 18:43 (Toshkent vaqti bilan 20:43)da Suriya muxolifati askarlari ustiga bomba yog‘dirishni boshlagan, natijada AQSh o‘z ittifoqchilari xavfsizligini ta'minlash uchun F/A-18E Super Hornet samolyotini havoga ko‘targan.
Mavzuga oid
21:45 / 16.10.2019
Asad armiyasi IShIDning Suriyadagi «poytaxti» bo‘lgan Raqqaga 5 yil ichida ilk bor kirdi
23:41 / 14.08.2019
Suriyada Su-22 samolyoti urib tushirildi
00:30 / 21.03.2019
«Buyuk Kelajak» va «O‘zagrolizing» o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
00:03 / 12.03.2019