20:42 / 20.06.2017
13236

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini 38 nomga kengaytirdi

Foto: RIA Novosti

AQSh hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga "Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari"ga aloqador bo‘lgan 19 ta kompaniya va 19 nafar shaxsni kiritdi. Bu ro‘yxat 20 iyunda AQSh moliya vazirligining saytida chop etildi.  

Sanktsiyalar ostiga Rossiyaning "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi, "Putin oshpazi" deb e'tirof etiluvchi restorator Yevgeniy Prigojinning "Konkord" kompaniyasi tushgan. 

Ro‘yxatda "Vagner" bilan bog‘liq shaxslar haqida hech narsa aytilmagan, biroq uning rahbari Dmitriy Utkinga qarshi sanksiyalar kiritilgan.

Sanktsiyalar ro‘yxatiga, shuningdek, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sergey Nazarov, "Volk" qo‘riqlash tuzilmalari xoldingi ham kiritilgan.

Top