Avstraliya hukumati IShID terrorchilik guruhi jangarilarining Suriyadagi pozitsiyalariga aviazarbalar berishni to‘xtatish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Avstraliya qurolli kuchlarining Suriyada aviazarbalar berish bo‘yicha amaliyotlari ehtiyotkorlik choralari sifatida vaqtinchalik to‘xtatildi», - deyiladi Avstraliya mudofaa mahkamasi xabarida.