Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘zgardi
Joriy yilning 20 iyun kuni O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda dastlab Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov raislik qilgan, keyinroq respublika bosh vaziri Abdulla Aripov raislik qila boshlagan.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, qurultoyda tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu kunga qadar Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Erkinovich Shayxov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Alisher Shayxov . Foto: Chamber.uz
Uning o‘rniga Prezident taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Adham Ikromov tayinlangan.
Ikromov O‘zbekiston Prezidentining tashkiliy-kadr masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi rektori sifatida ishlab kelayotgandi. "

Adham Ikromov. Foto: "Kun"
Ma'lumot uchun, 19 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi. Farmon avvalo tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi va biznesning qonuniy manfaatlari muhofazasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyati tubdan takomillashtirilishini nazarda tutadi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, Alisher Shayxov Yevropa davlatlaridan birida O‘zbekistonning elchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Mavzuga oid
19:44 / 22.10.2025
“Qashqadaryoda ish beruvchilar va ishchilarning qo‘nimsizligi eng katta muammo” – Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov
17:18 / 13.08.2025
“Quruvchi tannarxidan emas, budjetga to‘laydigan solig‘idan chegirma qilib beryapti” – SSP raisi
15:19 / 07.07.2025
O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma Savdo-sanoat palatasi tuziladi
22:20 / 11.02.2025