22:59 / 20.06.2017
5683

O‘zbekiston TIV rahbari Germaniya elchisiga ta'ziya bildirdi

2017 yilning 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazir jahon miqyosidagi yirik siyosiy lider va GFRning mashhur davlat arbobi, sobiq Federal kansleri Gelmut Kol vafot etganligi munosabati bilan samimiy ta'ziya bildirdi va Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.

Elchi Naithart Xyofer-Vissing, o‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyevga Germaniya Federal Prezidenti Frank Valter Shtaynmayyer  nomiga yo‘llangan maktubda marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamda butun Germaniya xalqiga bildirilgan hamdardlik va dalda uchun minnatdorchilik bildirdi.

Top