18:43 / 21.06.2017
20426

«Paxtakor» yangi murabbiy ortidan yangi legioner olib kelmoqda

«Paxtakor» klubi yozdagi ilk transferini amalga oshirdi. Toshkent jamoasi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, chernogoriyalik himoyachi Marko Simich tarkibga qo‘shib olingan.

Ushbu legioner va jamoaning yangi bosh murabbiyi Shota Arveladzening taqdimot marosimi 23 iyun kuni o‘tkaziladi.

Marko Simich 30 yoshda bo‘lib, Chernogoriya terma jamoa futbolchisi hisoblanadi. «Partizan» klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lmish Simich turli yillarda «Radnichki», «Mladenovats», «Gonved», «Bejaniya», «Yagodina», BATE, «Kayserispor», «Xapoel» klublarida to‘p surgan.

Top