08:06 / 21.06.2017
12397

Poroshenko Pentagon rahbariga o‘z orzusi haqida gapirdi

Foto: 360tv.ru

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bilan uchrashuvda o‘z orzusi haqida gapirib berdi. Uning ma'lum qilishicha, armiyada xizmat qilgan paytlari Pentagonga borishni orzu qilgan ekan. Bu haqda Amerika mudofaa mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Sizga aytgandim, armiyada xizmat qilgan paytlarim Pentagonga borish orzuim edi. Biz amerikalik sheriklarimiz bilan Ukrainaning yangi Qurolli kuchlarini tashkil etmoqdamiz, u bundan ikki yil avval ham hattoki yo‘q edi», - deya ma'lum qildi Poroshenko Pentagonda.

Avvalroq AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Pentagonda Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko bilan uchrashishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top