2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 393-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorda bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilishning yangi tartiblari belgilangan.
Shuningdek, qarorda abituriyentlarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinishining tartibiga oydinlik kiritildi va unga ko‘ra ko‘pchilik abituriyentlarni qiziqtirib kelayotgan savollarga javob olish mumkin.
«Xushnudbek.uz» saytida abituriyentlar uchun mazkur tartibning eng asosiy jihatlari haqida ma'lumot berilgan.
Qo‘shimcha kontrakt natijalari qachon aniq bo‘ladi?
Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta'lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktabrga kadar Davlat komissiyasiga kiritiladi;
Davlat komissiyasi oliy ta'lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridan kelib chiqib, oshirilgan to‘lov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni ko‘shimcha qabul qilish ko‘rsatkichlari yuzasidan 20 oktabrga qadar qaror qabul qiladi.
Qo‘shimcha kontraktda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berishi kerak?
Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e'lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak. Ballar ketma ketligi bo‘yicha ro‘yxatdagi oldingi abituriyent qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari e'lon qilingan kunidan boshlab bir oy muddatda ariza bermaganda ro‘yxatdagi keyingi abituriyent qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.
Kirish baliga necha ball yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qiy oladi?
Qo‘shimcha qabulga abituriyentlar 2 xil kategoriya bo‘yicha qabul qilinadi:
- To‘plagan bali qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar;
- 68 balldan ko‘p to‘plagan barcha abituriyentlar.
Bular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?















