19:13 / 22.06.2017
144561

Obid Asomov o‘zbek sahnasiga qaytmoqda

Mashhur so‘z ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov uzoq yillik tanaffusdan keyin mahalliy televideniye kanallaridan biri - Milliy TV'da chiqish qiladi. Bu haqida mazkur telekanalning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Milliy TV teleefirlari orqali uzatiladigan "Kulish shart" hajviy shou dasturi 24 iyun, shanba kuni soat 21:20da namoyish etiladi. 

"Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Milliy TV efirida! Shanba soat 21:20 da! O‘tkazib yubormang!" deb yoziladi sahifada taqdim etilgan videoanons ostida. 

Top