Jahon | 09:50 / 22.06.2017
5269
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp KXDRga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi.

Bu haqda Oq uy matbuot xizmati bayonotida aytiladi.

Xususan, 2008 yildagi ijro farmoni muddati cho‘zdiriladi, unda yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish haqida so‘z yuritilgan. 2010 yilning avgustidagi farmon esa Shimoliy Koreyaning yadro sinovlari va u tomonidan Janubiy Koreya kemasining yo‘q qilinishiga bag‘ishlanadi.

Shuningdek, 2011 yilning aprelidagi, 2015 yilning yanvaridagi va 2016 yilning martidagi farmonlar muddati ham uzaytirildi. Ularda KXDRga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritish nazarda tutilgan.

Mavzuga oid