YUNISEF Mo‘sulda bolalar ommaviy ravishda o‘ldirilayotganini ma'lum qildi
IShID jangarilari Iroqning Mo‘sul shahrini tark etmoqchi bo‘layotgan oilalar farzandlarini o‘ldirmoqda, deb ma'lum qildi BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEF.
"Ular odamlarga shaharni tark etishlariga yo‘l bermaslik maqsadida bolalardan urush olib borish vositasi sifatida foydalanishmoqda. Bu esa ushbu urush qanchalik falokatli va befarq ekanligidan dalolat beradi", deb aytdi YUNISEFning Iroqdagi vakili Piter Xokins.
Xokinsning ma'lum qilishicha, tashkilot terrorchilar odamlarga Mo‘sulni tark etishlariga yo‘l bermaslik uchun bolalarni o‘ldirayotganlari isbotlariga ega. Jangarilar shaharni tark etishni rejalashtirayotganlarni shu tariqa qo‘rqitmoqdalar.
YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, IShID Iroqning uchdan bir qismini egallab olgan 2014 yildan beri mamlakatda 1 ming 75 bola halok bo‘lgan, 1,1 mingdan ko‘prog‘i jarohat olgan.
Mo‘sulni terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha operatsiya 2016 yil oktabrida boshlangandi. Bu operatsiya davomida minglab tinch aholi halok bo‘lgan, 850 mingdan ko‘proq odam esa Iroqning boshqa hududlariga qochishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:33 / 07.11.2024
YUNISEF: G‘azoda ikki kun ichida 50 dan ortiq bola halok bo‘ldi
22:44 / 03.08.2024
Bangladeshdagi namoyishlar oqibatida o‘nlab bolalar halok bo‘ldi - YuNISEF
18:36 / 08.06.2024
O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi
09:41 / 16.05.2024