16:10 / 23.06.2017
12197

Grenfell Tower’dagi yong‘inga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi

Londondagi 24 qavatli Grenfell Tower turar joy binosida 14 iyun kuni yuz bergan yong‘in nosoz muzlatgich tufayli ro‘y bergan. Hodisa oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Sky News Skotland-Yard vakili Fion Makkormekka asosan xabar berdi.

Uning ta'kidlashicha, gap Hotpoint firmasining FF175BP modelidagi muzlatgichi haqida bormoqda.

Qayd etilishicha, ishlab chiqaruvchi muzlatgichning bu modelini tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

14 iyun kuni Londonda 24 qavatli Grenfell Tower turar joy binosida yong‘in ro‘y berdi, natijada kamida 79 kishi halok bo‘ldi. Buyuk Britaniya hukumati yong‘in oqibatida jabrlanganlarga 5 mln funt sterlingdan ajratdi.

Mavzuga oid
Top