21:56 / 23.06.2017
18631

Mark Tsukerberg musulmonlar davrasida iftorlik qildi

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ilk marta musulmon oila bilan birga iftorlik qildi. Tsukerburg Minneapolisdagi somalilik qochqinlar guruhi davrasida iftorlik taomlarini baham ko‘rdi. 

"Siz qochqin sifatida ko‘pincha biror bir mamlakatni tanlay olmaysiz. Men umrining 26 yilini qochqinlar lagerida o‘tkazgan kishidan "Amerikada o‘zingizni o‘z uyingizdagidek his qilasizmi?" deb so‘raganimda u menga oddiy va chuqur ma'noli javob qaytargandi: "Uy - bu o‘zingiz istagan ishni qilishingiz mumkin bo‘lgan joy. Ha, bu uyga o‘xshab ketadi". Dunyoda inson o‘zini bemalol his qiladigan joylar kam", - deb yozdi M.Tsukerberg o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida

U iftorlik uchun somalilik qochqinlarga minnatdorchilik bildirdi: "Men sizlarning yangi joyda yangicha hayot qurishga bo‘lgan harakatlaringizdan katta taassurot oldim, sizlar bu mamlakat nima uchun shunchalik buyuk ekanini yodga soluvchi kuch hisoblanasiz". 

Ijtimoiy tarmoqning Muhammad Jama ismli foydalanuvchisi Tsukerbergning posti ostidagi izohlarda iftorlikdan olgan taassurotlari va surati bilan bo‘lishgan. 

Top