13:33 / 24.06.2017
8485

Bektemir tumanida talonchilikning oldi olindi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 22 iyun kuni taxminan soat 08:00 larda, muqaddam sudlangan Egamberdiyev Rustam Karimjonovich o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida Bektemir tumani hududida fuqaro Safarov Valijonning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, qo‘lidagi sumkasi va uning ichidagi 540.000 so‘m pullarni egallab olmoqchi bo‘lgan vaqtida, harakatlarini yakuniga yetkaza olmay, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishga suiqasd etish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

Top