10:29 / 24.06.2017
17462

Dallas hayvonot bog‘idagi gorilla internet yulduziga aylandi

AQShning Dallas hayvonot bog‘ida yashovchi Zola laqabli gorilla internetning yangi yulduziga aylandi.  

Hayvonot bog‘i xodimalaridan biri tomondan tasvirga olingan gorillaning cho‘milishi videosi YouTube’da 3 kun ichida yarim milliondan ko‘proq namoyish yig‘di.

Videoda gorilla sevimli hovuzchasida cho‘milayotganidan shodlanib, o‘z atrofida aylanib, raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. Gorillaning shodon raqs tushishini ko‘rib tabassum qilmaslikning iloji yo‘q.

 

Mavzuga oid
Top