20:39 / 24.06.2017
29695

Ivanka Tramp sudga chaqirtirildi

Foto: Andrew Harrer/Bloomberg

AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp poyabzal dizaynidan nusxa ko‘chirish ishi bo‘yicha sudga chaqirtirildi. Bu haqda 24 iyunda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda

Manxetten tuman sudi qaroriga ko‘ra, Ivanka sudga oktabr oxirigacha kelishi kerak. Unga ko‘rsatmalarni Nyu-Yorkda emas, balki u hozir yashayotgan Vashingtonda berishiga ruxsat berildi.

Ivanka nomiga plagiatda ayblovlar 2016 yil bahorida bildirilgan. Aquazzura poyabzal markasi vakillari Ivanka o‘zining tuflilar qatorini yaratishda Aquazzura’ning poyabzallaridan birining dizaynidan nusxa ko‘chirganini aytishgan. Gap 780 dollardan qimmatroq turuvchi baland poshnali tufli haqida ketmoqda. Aquazzura vakilining aytishicha, Ivanka shunday poyabzalni ancha arzonroqqa – 150 dollarga yaratgan.

Top