22:30 / 24.06.2017
18070

Konfederatsiyalar Kubogi. Rossiya kurashdan chiqdi, Portugaliya va Meksika pley-offda

Konfederatsiyalar Kubogi A guruhining 3-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Unda pley-offga chiqqan ikki jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. 

Portugaliya Yangi Zelandiya bilan kuch sinashib, raqib darvozasiga javobsiz 4ta gol kiritdi. 

Dastlab 33-daqiqada Ronalduni penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib, Bernardu Silva oradagi farqni oshirdi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Andre Silva ham o‘z nomini tabloga yozdirib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuvdagi to‘rtinchi gol o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Nani tomonidan kiritildi.

Shu tariqa Portugaliya terma jamoasi 7 ochko to‘plab, guruhda 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Yangi Zelandiya esa 3ta o‘yinning barchasida mag‘lubiyatga uchrab, ochko qo‘lga kirita olmadi. 

Yangi Zelandiya – Portugaliya 0:4 
Gollar:
0:1 – 33, penalti Ronaldu, 0:2 – 37 Bernardu Silva, 0:3 – 80 Andre Silva, 0:4 – 90 Nani.
Yangi Zelandiya – Marinovich, Dyurent (Smelts, 74), Smit, Doyl, Boksell, Roxas, Lyuis (Barbaruses, 65), Tomas, Vud, Ingem, Makglinchi (Tuiloma, 37).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu, Nelson Semedu, Alvesh, Bernardu Silva (Pitstsi, 46), Danilu Pereyra, Moutinyu, Kuarejma (Jyelson Martinsh, 84), Andre Silva, Ronaldu (Nani, 67).
Ogohlantirishlar: Lyuis (19), Nelson Semedu (21), Pepe (56), Ingem (82).

Guruhning ikkinchi o‘yinida Meksika Rossiya bilan kuch sinashdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv Meksikaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

25-daqiqada Samedov gol kiritib, Rossiyani hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib, Arauxo hisobni tenglashtirdi. Meksikaliklarga g‘alaba keltirgan gol 52-daqiqada Losano tomonidan kiritildi. 

Shu tariqa Meksika ham 7 ochko to‘plab, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar borasida Portugaliyadan keyin, 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Rossiya esa 3 ochko bilan musobaqadagi kurashni to‘xtatdi. 

Meksika – Rossiya 2:1
Gollar:
0:1 – 25 Samedov, 1:1 – 30 Arauxo, 2:1 – 52 Losano.
Meksika – Ochoa, Moreno, Reyyes (Reyyes, 39), Layyun, Guardado (Alanis, 70), Losano, Dos Santos, Vela (Akino, 46), Errera, Arauxo, Ernandes.
Rossiya – Akinfeyev, Vasin, Djikiya, Kudryashov, Glushakov, Samedov, Golovin, Yeroxin (Smolnikov, 70), Jirkov, Smolov (Kanunnikov, 78), Buxarov (Poloz, 64).
Ogohlantirishlar: Jirkov (9), Guardado (16), Kudryashov (63), Vasin (71), Golovin (88), Alanis (90).
Chetlatish: Jirkov (68). 

Top