19:54 / 24.06.2017
61575

Prezident qarori bilan bir qator vazirlar va qo‘mitalar raislari o‘rinbosarlari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 23 iyundagi bir qator qarorlariga muvofiq, vazirlar va qo‘mitalar raisi o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda prezidentning rasmiy sayti — president.uz’da ma'lumot berilmoqda.

Jumladan, PQ-3083-son qaroriga muvofiq Nazirov Nazirjon Tohirjonovich O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

PQ-3084-son qaroriga muvofiq Habibullayev Sherzod Habibullaxo‘jayevich O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga;

PQ-3085-son qaroriga muvofiq Hamzayev Abdushukur Xudoyqulovich O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga;

PQ-3086-son qaroriga muvofiq Qurbonov G‘olibjon Karimovich O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga;

PQ-3087-son qaroriga muvofiq Jamolov G‘ofir Orifjonovich O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

PQ-3088-son qaroriga muvofiq Haydarov Ahadbek Yahyobekovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning 2017 yil 24 iyundagi PQ-3089-son qaroriga muvofiq Qudratov Laziz Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Top