10:51 / 25.06.2017
16563

BI: Pentagon jangga shay bo‘lmagan qurolni yaratishga milliardlab dollarlar sarflamoqda

Pentagon yangi qurol-aslahani kechikish va milliardlab dollarlab ortiqcha byudjyet mablag‘larini sarflash bilan kiritmoqda. Boz ustiga, ba'zida bu yangi texnika jangga tayyor emas, deb xabar bermoqda Business Insider nashri.

"AQShning 12,9 mlrd dollarlik Gerald R. Ford aviatashuvchisi oxir-oqibat 22 iyulda foydalanishga kechikish va rejalashtirilgandan ortiqcha sarf-xarajatlar bilan topshiriladi. Biroq u baribir jangga qodir bo‘lmaydi. Flot bu kemaga suv osti portlashi qanday ta'sir qilishini sinovdan o‘tkazmay uni safga kiritishi mumkin", deb aytilgan maqolada.

Bu shoshqaloqlik sababli soliq to‘lovchilar kemaning kamchiliklari uni ishlatish davomida ayon bo‘lgandan keyin yana tovon to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

AQShning byudjyet-nazorat bosh boshqarmasi hisobotida ko‘rsatilishicha, kema tannarxining noto‘g‘ri baholanishi sababli uni yaratishga 2,4 mlrd dollar ortiqcha mablag‘ sarflangan. Boshqarmada hozirda qurilayotgan John F. Kennedy atom aviatashuvchi kemasi ham kutilgandan qimmatroqqa tushishi mumkin, deb hisoblanmoqda.

"Boshqarma harbiylarni ehtiyot choralarini bir chetga surib, iloji boricha tezroq qurol chiqarish istagi uchun bir necha marta tanqid qilgan", deb yozmoqda BI.

Nashr bunga bir necha misollar keltirmoqda. Misol uchun, Gerald R. Ford kemasi xarajatlarning oshib ketishi, sinovlar o‘tkazilishidagi ushlanishlar va kutilgandan pastroq jangovar qobiliyati sababli hafsalani pir qilgan. 

"Mohiyatan biz kutganimizdan kamrog‘ini oldik, biroq rejalashtirganimizdan ko‘proq sarfladik", deyilgan hujjatda.

Bu shunday yagona holat emas. Aprelda boshqarma qiymati 9 mlrd dollarlik 12 ta fregat qurilishini to‘xtatib turishni tavsiya qilgan. Boshqarmada fregatlar qurish masalasini juda bo‘lmasa kemalar narxi, konstruksiyasi va jangovar qobiliyati haqida ma'lumotlar berilmaguncha to‘xtatib turish fikri bildirgan. 

Boshqarmada ta'kidlanishicha, harbiy-dengiz kuchlari kongressdan avvalgi muvaffaqiyatsiz nusxalaridan deyarli hech nima bilan farq qilmaydigan yangi kemalar qurilishiga pul so‘ramoqda. Bundan tashqari, fregatlarni qurish uchun verflar yetmasligi mumkin. Maqola muallifining aytishicha, bu ogohlantirishlar ko‘rinishicha inobatga olinmayapti. HDK jangovar kemalar sonini 275 tadan 350 tagacha oshirishni rejalashtirmoqda, biroq 2018 yil byudjyetida bunga mablag‘lar ko‘zda tutilmagan.

Mablag‘larning behuda sarflanishiga yana bir misol sifatida F-35 qiruvchi samolyoti keltirildi. AQSh OAV bu samolyotni "trillionlab dollarlik xato" deb atagan. Pentagon samolyot ishlab chiqaruvchisi uning konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritmasidan va undagi ko‘plab nosozliklarni bartaraf etmasidan bunday samolyotlarni qurollanishga kiritgan.  

"F-35’da bugungi kunda ham nosozliklar aniqlanmoqda", deb ta'kidlamoqda maqola muallifi. Uning eslatishicha, samolyotni yaratish uchun rejalashtirilgandan 7 yil ko‘proq vaqt sarflangan va uning yakuniy tannarxi kutilgandan 38 foizga qimmatroq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top