10:18 / 25.06.2017
53906

Fedor Yemelyanenko Bellator’dagi ilk jangini yutqazdi

Rossiyalik yakkakurash jangchisi Fedor Yemelyanenko Bellator 180 musobaqasi doirasida amerikalik Mett Mitrionga mag‘lub bo‘ldi.

Nyu-Yorkda o‘tgan jang 2 daqiqaga ham bormadi. Ikki sportchi bir-biriga kuchli zarba bergandan keyin yiqilib tushishgan, biroq amerikalik tezda o‘zini o‘nglab olib, hali o‘rnidan turib ulgurmagan Yemelyanenkoga zarbalar tushira ketgan. Hakam rossiyalik bir nechta og‘ir zarbani o‘tkazib yuborgandan keyin jangni to‘xtatishga qaror qilgan.

Bu jang fevralda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq jangga bir necha soat qolganda amerikalik buyragida tosh borligiga gumon bilan shifoxonaga yotqazilgan va jang keyinga qoldirilgandi.

Bu mag‘lubiyat Yemelyanenkoning Bellator musobaqasidagi birinchi va faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top