12:32 / 25.06.2017
10574

Oliy liga, 15-tur: Chempionat ekvatoriga kelib «Paxtakor» safardagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Kecha O‘zbekiston Oliy ligasining 15-turidan o‘rin olgan «Obod» hamda «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Unda Shota Arveladze qo‘l ostiga o‘tgan «Paxtakor» klubi safarda g‘alaba qozondi. Qayd etib o‘tish joizki, Arveladze «Paxtakor»da 1 iyuldan rasman ish boshlaydi. Ushbu uchrashuvga «paxtakorchilar»ni Jasur Abduraimov murabbiy sifatida boshlab tushdi.

Uchrashuvda, Sergeyev dubl kiritgan bo‘lsa, Jasur Hakimov va Sa'dillayev bir marotabadan «Obod» darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Mezbonlardan Ismoilov yagona javob to‘pini qaytarishga erishdi.

Keskin o‘tgan «Toshkent» derbisisida «Paxtakor»ning qo‘li baland keldi va joriy chempionatda ilk marta safarda g‘alaba qozonishni uddaladi.

Oliy liga, 15-tur

«OBOD» - «PAXTAKOR» 1:4 (0:1)

Gollar: Sergeyev, 32-pen - 0:1. Hakimov, 51 - 0:2. Sergeyev, 61 - 0:3. Ismoilov, 67 - 1:3. Sa'dillayev, 90 - 1:4.

24 iyun. Toshkent. "Jar" stadioni.

Hakamlar: I.Tantashev (Buxoro) – 8,5, A.Tsapenko (Toshkent vil.) – 8,6, R. Nug‘monov (Toshkent) – 8,3, F. Narsafarov (Qarshi) - 9

Nazoratchi: S.Najafaliyev.

Ogohlantirishlar: Azim Ahmedov, 36. Hoshimov, 54. Yusupov, 77.

"Obod": Azamat Ahmedov, Husainov, G‘ofurov, Umirov, Jalilov, Hasanov, Solomin (Bikmaykin, 68), Ermatov, Norxonov, Qahhorov (Ismoilov, 55), Jasurxo‘ja (Vasilev, 46).

"Paxtakor": Lobanov, Alijonov, Kozak, Ismatullayev, Hoshimov (Avilov, 63), Azim Ahmedov, Karimov, Yusupov, Sergeyev, Nurullayev (Sa'dillayev 86), Hakimov (Ibrohimov, 74).

Bugun Oliy liga birinchi davrasining so‘nggi turidan o‘rin olgan yana yettita uchrashuv o‘tkaziladi.

19:00 «Qizilqum» - «Sho‘rtan»

19:00 «Nasaf» - «Navbahor»

19:00 «Olmaliq» - «Qo‘qon-1912»

19:00 «So‘g‘diyona» - «Buxoro»

18:30 «Neftchi» - «Metallurg»

18:15 «Dinamo» - «Mash'al»

19:00 «Bunyodkor» - «Lokomotiv»

Top