25 iyunda Pokistonning shimoli-g‘arbida bolalar o‘yinchog‘iga o‘xshash portlovchi qurilma portlashi oqibatida 6 nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy ma'muriyatdagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi.
Voqea Janubiy Vaziriston viloyatida, Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi qishloqlardan birida yuz bergan.
"Bomba-o‘yinchoq portlashi oqibatida 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 6 bola halok bo‘ldi, yana 2 bola og‘ir jarohat oldi", deb aytgan mahalliy ma'muriyat vakili.
Portlovchi qurilmaning kelib chiqishi aniqlanmagan. Voqeaning qolgan tafsilotlari o‘rnatilmoqda.