00:10 / 25.06.2017
9058

Pokistondagi hujumlar qurbonlari soni 85 kishiga yetdi

Foto:AFP 2017 / STR

Pokistonda uchta portlash va jangarilar hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 85 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi. 

Avvalroq 57 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Portlashlar 23 iyunda Parachinor shahri savdo hududida mahalliy aholi iftorlikka yeguliklar xarid qilayotganda sodir etilgan. Buning oqibatida 67 kishi halok bo‘lgandi.

Shu kuni Belujiston viloyatining Kvetta shahridagi politsiya boshlig‘i idorasi yonida yana bir portlash yuz bergan. Bu portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, jangarilar Karachi shahrida politsiyachilarga hujum qilishgan. Bu hujum oqibatida 4 politsiyachi halok bo‘lgan. 

Top