13:25 / 26.06.2017
5393

Kiyevda Yanukovich ishini ko‘rib chiqish yana 3 kunga qoldirildi

Foto: rbc

Kiyevdagi Obolon tuman sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga ayblov bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni 29 iyunga ko‘chirdi.

«Sud yig‘ilishni 29 iyun kuni soat 10 ga qadar ko‘chirishga majbur», - deya raislik qiluvchi sudya Vladislav Devyatkoning so‘zlarini keltiradi «112 Ukraina».

Avvalroq Kiyevning Obolon sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni qo‘riqlash xizmati bilan ta'minlashga tayyor ekani xabar qilingandi. Bu himoya shu haqda murojaat qilsa, yuz berishi aytilgan.

May oyi boshida Ukraina davlat ayblovi Kiyev tomonidan davlatga xiyonatda ayblanayotgan Yanukovichni umrbod ozodlikdan mahrum etishni talab qilishi ma'lum qilingandi.

Top