11:35 / 26.06.2017
26205

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi 

Dilmurod Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining rasmiy saytida xabar berildi.

Aytilishicha, Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi PQ-3081-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq Inom Majidov oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri etib tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Top