08:48 / 27.06.2017
5302

Arabiston koalitsiyasi bombardimonlari oqibatida Yamanda 9 kishi halok bo‘ldi

Arxiv surat / trend.az

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning bombardimonlari oqibatida Yaman markazidagi Marib viloyatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.

"Saudiya Arabistoni koalitsiyasi samolyotlari Al-Misayd tumanidagi qishloq aholisining uylariga bir nechta zarba berishi oqibatida 9 nafar fuqaro, jumladan 2 ayol halok bo‘ldi", deb ma'lum qildi yamanlik amaldor. Ma'lum qilinishicha, yana 4 kishi jarohat olgan.

Mahalliy aholi axborot agentligiga aviahujum qayd qilingan videoyozuv nusxasini taqdim qildi.

Bombardimonga uchragan tuman Yaman poytaxti Sanodan 173 km uzoqlikda joylashgan. Axborot agentligining ta'kidlashicha, ushbu hudud Sarvax okrugi husiylari tomonidan ushlab turilibdi. 

Mavzuga oid
Top