12:51 / 27.06.2017
9241

Boliviya prezidenti AQShni dunyoda narkotrafik o‘sishida aybladi

Boliviya prezidenti Evo Moralesning fikricha, AQSh dunyoda narkotrafik o‘sib borayotganiga mas'uldir. Bu haqda u tvitterda yozdi.

«DEA (AQShning narkotik moddalar bilan kurash boshqarmasi) va Amerika harbiy bazalari bor joyda narkotrafik, jinoyatchilik, noqonuniy boyish, korrupsiyaga aralashib qolgan elitalar ham ko‘payib boradi», - deya yozdi u.

Shuningdek, Moralesning yozishicha, AQSh giyohvand moddalar bilan kurashdan boshqa davlatlar hududiga bostirib kirish uchun bir sabab sifatida foydalanadi, biroq o‘zi aholisi orasida bunga qarshi kurashmaydi.

Mavzuga oid
Top