18:34 / 27.06.2017
12073

Buxoroda «odamfurush» ayol qo‘lga olindi

Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida, Buxoro tumani, Gulshanobod QFYda yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan F.Najmetdinova Kogon shahri, Istiqlol MFYda yashovchi fuqaro N.G‘. hamda  Shofirkon tumani, Qalmaqon QFYda yashovchi, muqaddam sudlangan G.Ya larni Tailand davlatida pul evaziga jinsiy aloqada bo‘lish yo‘li orqali mo‘may daromad orttirishi mumkinligini bildirgan holda qiziqtirgan, deb xabar berdi Kun.uz’ga Buxoro IIB.

U ushbu fuqarolarni chet davlatga borishi uchun qilinadigan xarajatlar, ya'ni, u yerda yeb-ichish hamda ijaraga turish uchun qilinadigan sarf xarajatlarning hammasini o‘zi ko‘tarishini bildirgan holda yollab, “Toshkent-Tailand” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilishi uchun Buxoro shahrida yashovchi o‘zining o‘g‘li J.Toshev orqali 500 AQSh dollar pullarini yetkazib, N.G‘ ning O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan chiqib Tailand Respublikasining Bangkok shahriga borishiga, G.Ya ning esa Tailand Respublikasining Pattaya shahriga borishiga erishib, ulardan turli millat vakillari bilan pul evaziga jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun foydalanib, jinsiy aloqaga kirishganligi evaziga beriladigan pul mablag‘larini o‘zida saqlab, odam savdosi jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. 
         
Ushbu holat yuzasidan  viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan F.Najmetdinovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi “z,i” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Top