14:51 / 27.06.2017
17986

Dollarning rasmiy kursi 3950 so‘mdan oshdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 28 iyundan 1 AQSh dollari kursi 27,65 so‘mga oshadi va 3 958,56 so‘mni tashkil etadi.

Yevroning qiymati 26,09 so‘mga oshib 4 422,11 so‘mga teng bo‘ladi.

1 rubl esa 0,99 so‘mga arzonlashib 67,09 so‘mga tushadi.

Top