Isroil samolyotlari falastinliklar pozitsiyasiga hujum qildi. Bu G‘azo sektoridan otilgan raketaga javoban ro‘y berdi, deb xabar bermoqda Isroil armiyasi matbuot xizmati.
«Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari, G‘azo sektoridan uchirilgan raketaga javoban HAMAS tashkilotiga qarashli bo‘lgan harbiy infratuzilmaning ikkita obektiga hujum qildi», - deyiladi xabarda.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot ochiqlanmagan.