Butun dunyo kompyuterlariga yangicha virus orqali hujum qilindi

Seshanba kuni "Rosneft" kompyuterlariga yo‘naltirilgan Petya shifrli virusi butun dunyo mamlakatlari kompyuterlariga ziyon yetkazdi. Bu haqida "Kasperskiy labaratoriyasi" xalqaro tadqiqot bo‘limi rahbari Kostin Rayyu o‘zining Twitter'dagi akkauntida xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 18 iyunida paydo bo‘lgan virusning yangi versiyasida Microsoft'ning raqamli soxta imzosi bor.
InfoWatch bosh direktori Natalya Kasperskayaning "TASS"ga ma'lum qilishicha, shifrli virusning o‘zi paydo bo‘lganiga bir yildan oshgan. U asosan fishing xabarlar orqali tarqaladi.
Kasperskayaning aytishicha, Petya virusining birinchi varianti administratorni talab qilgan. Agar administrator huquqi berilmasa, u kuchsiz bo‘lgan. Shu bois u administrator huquqiga ega boshqa bir tovlamachi Misha virusi bilan birlashgan.
Group-IB'ning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, virus Rossiya va Ukrainadagi 80 ga yaqin tashkilotning kompyuterlariga hujum qilgan. Petya virusi kompyuterlarni bloklaydi va operatsion tizimni ishga tushirishga yo‘l qo‘ymaydi. Qayta tiklanish va fayllar shifri uchun esa 300 dollar miqdoridagi to‘lovni talab qiladi. 27 iyun kuni kunduzi Rossiya va Ukrainaning neft, telekommunikatsiya va moliya kompaniyalariga keng ko‘lamli hujum qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
‘“Raqobat byurokratiya bilan cheklanmasligi kerak” - tagliklar importiga yangi talablar kiritildi
O‘zbekiston | 18:29
-
O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 18:14
-
Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi
O‘zbekiston | 18:12
-
Tramp Pentagonga Panama kanalini egallash bo‘yicha harbiy reja tayyorlashni buyurdi
Jahon | 18:03
Mavzuga oid

20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi

21:16 / 04.02.2025
iPhone smartfonlarida birinchi marta troyan-virus aniqlandi

09:33 / 16.01.2025
Germaniyada chorva mollari orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Ko‘plab mamlakatlar go‘sht importini taqiqladi

18:11 / 11.12.2024