15:29 / 28.06.2017
10497

Mirzo Ulug‘bek tumanida fohishaxona yopildi

2017 yilning 24 iyun kuni taxminan soat 20:00 larda o‘tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida, Ravil Vasyakin Djamilevich (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 24.000 so‘m pul evaziga fuqaro «E» va «N» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top