16:40 / 28.06.2017
13270

Peres Ronaldu haqida: «U g‘azabda. Kutish kerak»

«Real» prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat xususida fikr yuritdi.

«Uning «Real» bilan shartnomasi bor. Qachonki u Konfederatsiyalar kubogidan qaytsa, biz u bilan gaplashishimiz mumkin. U halol va o‘z majburiyatlarini bajaradigan odam.

Men Jorjye Mendesh bilan gaplashdim, xavotirlanadigan gap yo‘q. Kutish kerak. Ronaldu esa qattiq xafa va g‘azabnok.

Shunday jurnalistlar borki, ular «Real»ga zarar yetkazishni istashadi. Men hech kimga Krishtianuning «Real» futbolkasidagi suratini chop etmaslikni so‘rab qo‘ng‘iroq qilmaganman.

«Real»ni tanqid qilish - navbatdagi muvaffaqiyatli maqolaga aylanadi. Mish-mishlarga ishonishlaridan afsuslanaman. Odamlar bizga ishonsin.

Biz barchamiz soliqlarni to‘lashimiz kerak. Klub futbolchilarning soliq deklaratsiyalari uchun javobgar emas, bu hech kimga sir ham emas. Lekin Ronaldu o‘z gaplarini qaytarib olishga majbur ham emas», – degan Peres esRadio uchun bergan intervyusida.

«Real» Ronaldu haqidagi salbiy xabarlarda uning klub libosida tushgan suratini qo‘ymaslikni so‘radi

Top