Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Krantas Group zavodiga tashrif buyurib, qurilish uchun maxsus texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2008 yilda Toshkent tajriba eksperimental mexanika zavodi negizida tashkil etilgan Krantas va «Kranlar va maxsus texnika» korxonalarida 60 turdan ziyod maxsus texnika, jumladan, avtokranlar, kran manipulyatorlari, yonilg‘i va kislota tashuvchi avtotsisternalar, kommunal texnika, samosvallar, avtoustaxonalar, avtogidroko‘targichlar ishlab chiqarilmoqda.
Bugungi kunda korxonalarda 645 ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Mahsulot hajmini oshirish, yangi uskunalar sotib olish va ishlab chiqarish sexlarini barpo etish hisobiga yana 150 ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda.
Korxonalarda 2017—2018 yillarda yuk ko‘tarish quvvati 100 tonna bo‘lgan avtokranlar va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga mo‘ljallangan 8 tonnalik minorali kranlar ishlab chiqarish loyihalashtirilgan.
2017 yilda korxonaning eksport hajmini 5 million dollarga yetkazish, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsus texnika vositalari va ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu kabi korxonalar O‘zbekiston sanoati rivojlanishining asosiy omillaridan biri ekanini ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:42
Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 va Captiva to‘qnashdi
17:12 / 07.12.2024
Toshkentda yana “snos” masalasi: odamlar va’da qilingan uylarni ololmayapti
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
17:08 / 30.08.2024