10:18 / 29.06.2017
5203

Janubiy Koreya shimoliy koreyalik 8 dengizchini vataniga qaytardi

Foto: AP

Janubiy Koreya o‘tgan haftada o‘z suv hududida qutqarib olingan Shimoliy Koreyaning 8 nafar fuqarosini Shimoliy Koreyaga topshirdi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi. 

Janubiy Koreya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati dengizchilarni 23 iyunda Ullindo orolidagi havzada aniqlagan. Dengizchilar shikastlangan dvigatelli kema bortida bo‘lganlar.

Ta'kidlanishicha, shimoliy koreyaliklarning barchasi vataniga qaytish istagini bildirgan. 

"Kema va uning ekipajining 8 a'zosi Yapon dengizidagi topshirish punkti orqali Shimoliy Koreya tomon jo‘natildilar", deb ma'lum qilgan Janubiy Koreya vakili.

Mavzuga oid
Top