12:16 / 30.06.2017
8723

IShID jangarilari livanlik chegarachilarga hujum qildi

Foto: AP

IShID jangarilari Suriya bilan chegara hududidagi livanlik harbiylarga hujum uyushtirdi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, hujum Livan armiyasi askarlari Arsal shahri yaqinidagi suriyalik qochqinlar lagerida reyd o‘tkazayotgan vaqtda ro‘y bergan.

Hujum qiluvchilar soni 5 nafar bo‘lgan, ularning hujumidan 7 nafar harbiy jabrlangan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma'lum emas.

Mavzuga oid
Top